27 avg 15:20
Yangiliklar
Tennis

Nyu-Xeyven (WTA). Finalda Radvanska – Svitolina uchrashuvi
AQSHning Nyu-Xeyven shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Premier 5 toifasidagi sovrin jamg'armasi 695 900 dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida final ishtirokchilari malum bo'ldi. Rio Olimpiadasining bronza medal sohibasi chexiyalik Petra Kvitova turnirning birinchi raketkasi polshalik Agneshka Radvanskaga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi.
Bir soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:1, 6:1 hisobi qayd etildi. Endi dunyoning to'rtinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar