18 iyu 14:10
Yangiliklar
Tennis
Nyuport (ATR). Karlovich 37 yoshida sovringa ega bo'ldi
Xorvatiyalik tennischi Ivo Karlovich 37 yoshida ATP turnirida bosh mukofot sohibiga aylandi.
Karlovich Nyuportda yakuniga etgan turnir g'olibiga aylandi. Uch soat davom etgan final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Ivo uchinchi raqam ostida tasniflangan lyuksemburglik Jil Myullerni 6:7(2), 7:6(5), 7:6(12) hisobida taslim etdi.
Har ikki tennischi umumiy hisobda 45ta eys zarbani amalga oshirishdi. 33 yoshli Myuller faoliyatidagi ilk titulni qo'lga kiritish uchun juda ham yaqin kelgandi. Lekin so'nggi tay-brek bahsida omad undan yuz o'girdi. So'nggi 13-geym roppa-rosa 20 daqiqa davom etdi va unda 14:12 hisobida Karlovich zafar quchdi.
Ivo Karlovich (Xorvatiya, 2) – Jil Myuller (Lyuksemburg, 3) – 6:7 (2), 7:6 (5), 7:6 (12)
Havola :
Fikrlar