23 may 11:31
Yangiliklar
Futbol

Oblak 5-bor Samora sovrinini qo'lga kiritib, La Liga rekordini takrorladi
Atletiko darvozaboni Yan Oblak mavsum yakunlariga ko'ra Samora sovrinini qo'lga kiritdi.
Ushbu mukofot chempionat davomida eng kam gol o'tkazgan (o'rtacha har bir o'yin hisobida) darvozabonlarga beriladi.
Sloveniyalik 28 yoshli posbon bu mavsumda 38ta bahsda 25 bor to'p o'tkazib yubordi va 18ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Oblak Samora sovrinini 5-bor yutib, bu ko'rsatkich borasida «Barselona»ning sobiq darvazabonlari Viktor Valdes va Antoni Ramaletsning rekordini takrorladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar