21 may 17:39
Yangiliklar
Futbol

OCHL. Ahmedovning "SHanxay SIPG"i g'alaba qozondi va pley-offga yo'l oldi
Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida "SHanxay SIPG" "Ulsan Xyunday" klubini qabul qildi.
Xitoyda bo'lib o'tgan bahs 5:0 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi. SHanxayliklar sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov uchrashuvda 80 daqiqa to'p tepdi. SHunday qilib, "SHanxay SIPG" keyingi bosqich yo'llanmasini hal qildi.
"SHanxay SIPG" keyingi bosqichda Janubiy Koreyaning "CHonbuk Xyunday Motors" jamoasi bilan bellashadi. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar 19 va 26 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar