So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

27 avg 13:56
Yangiliklar

Futbol

OCHL. Bugun Odil Ahmedov jamoasi o'ynaydi

Teglar :  Odil AhmedovFutbol
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final dastlabki uchrashuvlariga start beriladi.

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi o'z maydonida "Al Sadd"ni qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bugun yana ikkita o'yin bo'lib o'tadi. 

Etiborimiz dastlab 16:30da boshlanadigan bahsga qaratiladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "SHanxay SIPG" o'z maydonida Yaponiyaning "Urava Reds" klubi bilan bellashadi. "SHanxay SIPG" avvalgi bosqichda Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" klubini musobaqadan chiqarib yubordi. "Urava Reds" esa Koreyaning boshqa bir jamoasi "Ulsan Xyunday"dan 3:0 hisobida ustun keldi. 

Xitoy Superligasining o'tgan mavsumdagi g'olibi bu yil OCHLni ham yutishni maqsad qilgan. Biroq buni amalga oshirish oson bo'lmaydi. "SHanxay SIPG"ning chorak finaldagi raqibi "Urava Reds" ancha kuchli hisoblanadi. Bu jamoa bejizga 2017 yil OCHLda zafar quchmagan. O'shanda yaponlar finalda "Al Hilol"dan ustun kelishgandi. Qizig'i shundaki, "Urava Reds" OCHLni yutgan yili yarim finalda aynan bugungi raqibini musobaqadan chiqarib yuborgan. 

Lekin biz baribir Odil Ahmedov jamoasiga muxlislik qilamiz. O'ylaymizki, bu galgi to'qnashuvda omad shanxayliklar tomonida bo'ladi.

Kechqurun soat 22:45dan boshlab Saudiya Arabistoni "El Klasikosi" guvohi bo'lamiz. CHunki bunda ikki azaliy raqiblar "Al Ittihod" va "Al Hilol" OCHL yarim final yo'llanmasi uchun dastlabki bellashuvni o'tkazishadi. "Al Ittihod" ham, "Al Hilol" o'ziga yarasha boy tarixga ega klub. "Al Ittihod" avvalgi bosqichda Eronning "Zobahan" klubidan ustun kelgan bo'lsa, "Al Hilol" Saudiya Arabistonining yana bir jamoasi "Al Ahli"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:3 hisobida mag'lub etib chorak finalga chiqdi. 

Bugungi bahs Romarino va Bafetimbi Gomisning o'zaro to'qnashuviga aylanishi kutilmoqda. Romarino o'tgan besh yil ichida OCHLda 18ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bafetimbi Gomis ham to'purarlikda boshqalardan qolishmayapti va deyarli har o'yinda gol uryapti. Francuz hujumchisi hozircha bu yil OCHLda 7ta gol urdi. O'tgan mavsum esa Saudiya Arabistoni chempionatida 30ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan. 

OCHL-2019. 1/4 final. Dastlabki uchrashuvlar


26 avgust. 22:45 

"Al Nasr" - "Al Sadd" 2:1


27 avgust. 16:30 

"SHanxay SIPG" - "Urava Reds"


27 avgust. 22:45

"Al Ittihod" - "Al Hilol"


28 avgust. 17:00

"Guangju Evergrand" - "Kashima Antlers"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing