07 may 16:49
Yangiliklar
Futbol

OCHL. Odil Ahmedovning jamoasi Yaponiyada durang o'ynadi
"Kavasaki Frontale" hamda "SHanxay SIPG" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur o'yini yakunlandi.
Hamyurtimiz uchrashuvda to'liq harakat qildi. "SHanxay" safida Xalkning kiritgan ikkita goli xitoyliklarga durang uchun etarli bo'ldi. "Kavasaki" safida esa Damian va Taniguchi raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Ushbu durang orqali "SHanxay" hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi. Ayni paytda jamoa guruhda "Ulsan" (11 ochko)dan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Kavasaki" hisobida esa 5 ochko mavjud.
Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar