So’nggi yangiliklar

14:09Осиё чемпионати. Гулруҳбегим ва Афрузада муҳим ғалабалар 0 13:48World Boxing. Бугун Асадхўжа Мўйдинхўжаев ва яна 4 боксчимиз рингга кўтарилади 0 13:27Роман Копиловга ҳам UFC 317 турнири учун жанг берилди 0 13:06“Реал“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр 0 12:45Осиё чемпионати. Воҳидовда муҳим ғалаба ва у иккинчи ўринга кўтарилиб олди 0 12:24Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпионлик жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:03World Boxing. Олти нафар боксчимизнинг барида ишончли ғалаба 0 11:42Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади 0 11:21Даниил Медведев Рим "Мастерс"даги иштирокини якунлади 0 11:00Бугун Олимпиада чемпиони Акбар Жўраев ва яна уч атлетимиздан Осиё чемпионати медалларини кутамиз 0 10:39Superbet Chess Classic Romania. Нодирбек Абдусатторов пешқадамдан очко тортиб олди 0 10:18"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери учун мавсум якунланди 0 09:57Дана Уайт яримўрта вазнга ўтган Ислам Махачевнинг жангини тасдиқлади 0 09:36Янник Синнер Рим "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:15Икки оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида шоҳсупага кўтарилди 0

15 dek 14:02
Yangiliklar

Futbol

Odil Ahmedov: "Bunyodkor" gullagan davrida uy, mashina va 10-15 baravar ko'p maosh taklif qilgandi, lekin..."

O'zbekiston terma jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov "Futbol TV" kanali mehmoni bo'ldi.

Ko'rsatuv davomida boshlovchi unga "Bunyodkor" klubi gullagan davrda taklif bilan chiqqanmi deb savol berdi.

"O'sha paytda "Bunyodkor" taklif bilan chiqqan. O'zing rozi bo'lsang bo'ldi, qolganini rahbariyat bilan gaplashib olamiz deyishgan. O'ylab ko'raman deb javob berganman. Keyin dadamga shu taklifni aytganman. Uy, mashina, hozir olayotgan pulimdan 10-15 baravar ko'p pul beraman deyishdi. Nima qilay deganman? Dadam hech qachon tuzini eb tuzlig'inga tupurmagin, kam pul bersa ham "Paxtakor" seni tarbiyaladi, "Paxtakor" seni xalqqa tanitdi, "Paxtakor" orqali sen terma jamoada o'ynayapsan, shunga klubni rozi qilmasdan turib boshqa jamoaga o'tishing to'g'ri bo'lmaydi degandilar. Rahmatli dadam doim to'g'ri maslahat berardilar.

O'shanda "Paxtakor" rahbariyati meni qolishimni ko'proq xohlashgan. Rahbariyat agar klubda qolsang biz uchun katta ish qilgan bo'lasan deb aytishgandi. SHundan keyin "Bunyodkor"ga "Paxtakor"da qolaman deb javob bergandim", - deydi Odil Ahmedov "Ofsayd" ko'rsatuvida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing