So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 dek 17:11
Yangiliklar

Futbol

Odil Ahmedov homiyligida yangi stadion qurildi va foydalanishga topshirildi

Namangan shahridagi futbolga ixtisoslashtirilgan 15-davlat maktab-internatida yangi barpo etilgan mini-futbol stadioni foydalanishga topshirildi.

SHu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va Namangan shahar hokimligi masul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilar ishtirok etdi. 



Mamlakatimizda sport, xususan, futbol, ayniqsa, bolalar futbolini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy stadionlar barpo etish, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yoshlarni tarbiyalashga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi. 

– Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan bolalar sportini rivojlantirish davlatimizning doimiy etiborida bo'lib kelayotgani yutuqlarimiz asosidir, – deydi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining Namangan viloyatidagi vakili SH.Qoraboev. – O'tgan yillarda viloyatimizda ham o'nlab zamonaviy sport inshootlari, bolalar va o'smirlar sport maktablari barpo etildi. Ularda toblanayotgan yoshlar orasidan qita va jahon chempionlari, Olimpiada sovrindorlari etishib chiqmoqda. Mazkur stadion ham yoshlar uchun mana shunday bosqich vazifasini o'taydi. 



“Stadion stroy” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan mini- stadion taniqli futbolchi, O'zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi Odil Ahmedovning beg'araz homiyligida barpo etildi. 

– Men ham futbol bo'yicha ilk saboqni shu maktab-internatda olganman. Sportda erishgan yutuqlarimda bu erdagi ustoz-murabbiylarning xizmatlari katta, – deydi O.Ahmedov. – Futbolimizning kelajagi shu kabi boshlang'ich sport maktablarida o'qiyotgan ukalarimizga bog'liq. Ishonaman, bunday maktablardan kelgusida milliy futbolimizning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltiradigan yoshlar etishib chiqadi. 

Tadbirda maktab-internat tarbiyalanuvchilari uchun mashhur futbolchining to'p va sport kiyimlaridan iborat sovg'alari topshirildi. 

Marosimda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so'zga chiqdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
11 dek 14:41:12
surkhan1122
yasha Odil, mana shunaqa e'tibor tufayli bolalar yanada ishtiyoq bilan harakat qiladi/
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing