25 noy 10:55
Yangiliklar
Futbol

Odil Ahmedov: “Murabbiy bilan gaplashmadim, darhol doping-testga bordim”
“Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov Evropa ligasi 5-turidan o'rin olgan “Red Bull Zalcburg”ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– Pasayish bo'ladigan o'yinlar kuzatilib turadi. “Zalcburg” bilan o'yinimiz chiqmadi, sababi bir haftada ikkita o'yin o'tkazayapmiz.
– Demak, asosiy sabab charchoqmi?
– Balki. Ammo raqib ham yaxshi o'ynadi.
– “Zenit” bilan o'yingacha tiklana olasizlarmi?
– Bu umuman boshqa o'yin bo'ladi. Tayyorgarlik ko'ramiz, raqib o'yinini o'rganamiz.
– Ikki kun etarli bo'ladimi?
– Harakat qilamiz.
– Pley-offda “Krasnodar” oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
– Murabbiy bilan gaplashganim yo'q, darhol doping testga bordim. Doim eng yuqori maqsadlar sari intilamiz, – deydi Odil Ahmedov.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar