13 avg 13:27
Yangiliklar
Futbol

Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" tarkibidagi 100-o'yinini o'tkazdi
O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov kecha "SHanxay SIPG" tarkibidagi yubiley, aniqrog'i 100-o'yinini o'tkazdi.
Kecha "SHanxay SIPG" Xitoy Superligasi doirasidagi "Uxan CHjoer" jamoasiga qarshi o'yinda kambek qayd etdi. 0:1 hisobida ortda borayotgan shanxayliklar yakunda Arnautovich va Oskarning gollari evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.
Etiborlisi, Ahmedov xitoyliklar tarkibidagi 100-o'yinini aynan "Uxan CHjoer"ga qarshi o'tkazdi.
Jamoadagi bunday muvaffaqiyat bilan hamyurtimizni qutlashdi va "SHanxay SIPG" bosh murabbiyi Vitor Pereyra Ahmedovga esdalik uchun 100 raqami yozilgan libosni taqdim etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar