23 noy 19:18
Yangiliklar
Futbol
Odil Ahmedov Terri Anri bilan uchrashdi (FOTO)
Franciya terma jamoasi, "Barselona", "Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "SHanxay SIPG" mashg'ulotiga tashrif buyurdi.
Bu haqda u "Tvitter"dagi sahifasi orqali elon qildi.
20 noyabrdan beri maxsus tashrif bilan Xitoyda bo'lib turgan Terri Anri avvaliga mamlakat televideniyasiga intervyu berdi. Keyinroq u "Beyding Goan" raisi bilan uchrashdi.
Bugun "Arsenal" afsonasi hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepadigan "SHanxay SIPG" mashg'ulotiga tashrif burdi va u erda futbolchilar bilan suratga tushib, jamoa bosh murabbiyi Andre-Villash Boash bilan suhbatlashdi.
.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar