28 jan 16:44
Yangiliklar
Futbol

Odil Ahmedovning jamoadoshi faoliyatini La Ligada davom ettiradi
"SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Vu Ley faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradigan bo'ldi.
Xitoylik futbolchi Barselona shahrining "Espanol" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Ispaniya klubi rasmiy sayti xabar qildi.
1991 yilda tug'ilgan futbolchi hamda "Espanol" o'rtasida tuzilgan bitim muddati malum emas. Klub bu haqida Vu Leyni tanishtirish marosimida elon qiladi. Xitoylik yangi jamoada 24-raqam ostida to'p tepadi.
Vu Ley Xitoy chempionatining so'nggi mavsumida 27ta gol urib, Superliga "Oltin butsasi"ni qo'lga kiritgan edi. U "SHanxay SIPG" bilan Xitoy chempioniga aylandi. "SHanxay SIPG"da hamyurtimiz Odil Ahmedov ham to'p tepadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar