So’nggi yangiliklar

20:02Сергей Фомин Кутаисидаги юришини бошлади 0 19:41"Реал" футболчиларига ЕЧЛ 1/2 финали учун ваъда қилинган мукофот пуллари очиқланди 0 19:20Тошкент-2027 Жаҳон чемпионати тақвими эълон қилинди 0 18:52"Унда бу нарса йўқ". Масвидаль Чимаевнинг Хабиб ва Махачевдан фарқини тушунтирди 0 18:26Хамзат Чимаев фақат реваншдан кейингина вазнини кўтариши айтилди 0 18:05Пеп Гвардиола: "ВАРга ҳеч қачон ишонмаганман" 0 17:38Девин Хейни Ломаченконинг рингга қайтиши ҳақидаги миш-мишга муносабат билдирди 0 17:17Сехудо Чимаевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0

29 iyu 15:30
Yangiliklar

Boshqalar

Og'ir atletika, velosport va ot sportida fan, talim va ishlab chiqarish integraciyasi istiqbollari

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi kafedraning istiqbolli rejasi yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

Keyingi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori bo'lgan bakalavriat talim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha oliy malumotli kadrlar tayyorlash borasida keng islohotlar olib borilmoqda.

Sir emaski, bugungi kunda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport gimnastikasi, eshkak eshish sport turlari, suzish, suv polosi, qilichbozlik, velosport (shosse va trek), o'q otish, kamondan otish, golf, tennis, stol tennisi, triatlon, zamonaviy besh kurash, ot sporti, xokkey, badminton, basketbol, voleybol, gandbol va regbi kabi sport turlari hamda xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda oliy malumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyoj yuqori hisoblanadi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ushbu sohada ilmiy va o'qituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini o'qitish hamda tayyorlashning ilg'or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha respublikaning bazaviy oliy talim, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-metodik muassasasi sanaladi.

Bugun, 29 iyun kuni CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Og'ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining istiqobolli rejasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

SHu nuqtai nazardan keyingi, yani 2020/2021 o'quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirishda mahalliy hokimliklar, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federaciya (associaciya)lar hamda boshqa tegishli tashkilot va muassasalar bilan birgalikda istiqbolli reja taqdimoti bo'ldi.



Unda bir qator masalalar, jumladan:

-jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy malumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari;

-iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan respublikaning olis va borish qiyin bo'lgan tumanlarining mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish;

-jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish;

-aholiga ko'rsatiladigan sport-sog'lomlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash;

-jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish masalalarga alohida etibor qaratilishi inobatga olingan.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, tegishli sport turlari bo'yicha federaciya (associaciya)lar vakillari, Universitet rahbariyati va professor-o'qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni Universitet rektori i.f.d., professor Mahmudjon Boltaboev ochib berdi. M.Boltabaev kafedraning 2018/2019 o'quv yilida Yaponiya, Koreya, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qozog'iston, Turkmaniston kabi davlatlar bilan yo'lga qo'yilgan xalqaro aloqalarni ijobiy baholadi. 

Tadbir davomida oliy talim muassasasi bilan tegishli sport turlari bo'yicha federaciya (associaciya)lar o'rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy va innovacion faoliyatni takomillashtirish va amaliyot bilan integraciyalashtirish, universitetning ilmiy potencialidan samarali foydalanish zarurligi takidlab o'tildi.

Sportda nazariya va amaliyotni bir-biriga bog'lash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababdan, Universitet xodimlari malakasini oshirish hamda sport talimiga xalqaro tajribalarni olib kirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan sport turlari bo'yicha terma jamoalarning xalqaro musobaqa va o'quv mashg'ulot yig'inlariga respublika federaciya (associaciya)lar masul xodimlari bilan birga Universitetning professor o'qituvchilarini xizmat safariga yuborish amaliyoti joriy etilgan. Ayni paytda (2019 yilning 27-30 iyun kunlari) Universitetning ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori, professor Rashid Matkarimov Qozog'iston Respublikasi Tekeli shahrida bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'quv-mashg'ulot yig'inida O'zbekiston delegaciyasi ishtirokini o'rganish va tahlil qilish uchun  xizmat safariga yuborilgan. Xizmat safari bilan bog'liq barcha sarf-xarajatlar MOQ tomonidan qoplangan. Bu ham sportni ilmiy tomonlama o'rganish, tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. 


Tadbir davomida federaciyalar tomonidan Universitetdagi sport turlari bo'yicha tegishli kafedralarning sport bazalari uchun sport jihozlari va inventarlar, maxsus sport kiyimlari bilan taminlash yuzasidan tashabbus bildirildi.

Bu kabi taqdimotlarni muntazam tashkil etib borish bo'yicha takliflar kiritildi. Tadbir so'ngida kun tartibi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, bugungi kunda talab yuqori bo'lgan yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, yuqori texnologiyalarga asoslangan va istiqbolli yo'nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarni jadal amalga oshirish, shuningdek, professor-o'qituvchilarning kasbiy bilimlari va pedagogik mahoratini muttasil oshirib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing