04 jan 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
"Og'ir vazn divizioni hozir ayanchli holatda. CHempionlik darajasidagi jangchilar deyarli yo'q" - ekspert
UFC sharhlovchisi va ekspert Jo Rogan og'ir vazn toifasidagi vaziyatga baho berdi.
"Og'ir vazn divizioni hozir juda ayanchli ahvolda. Bizda Tom Aspinall, Siril Gan bor. Agar u yana jang qilishga qaror qilsa- Jon Jons. Va Fransis Ngannu — agar mo'jiza ro'y berib, u UFC’ga qaytsa. Asosan, shu bilan tugaydi.
Haqiqatan ham chempionlik darajasiga mos, ishonchli jangchilar qolmadi. Aslida, butun dunyo bo'ylab og'ir vaznda titul uchun kurashish darajasiga javob beradigan bor-yo'g'i to'rt-besh nafar jangchi bor, xolos", — dedi Rogan.

Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar