So’nggi yangiliklar

09:00Ўзбекистон чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:39Конор Макгрегор жинсий тажовузда айбдор деб топилди, унга катта жарима белгиланди 0 08:18Манба: Шаҳрам Ғиёсовнинг Эймантас Станионисга қарши чемпионлик жангининг эҳтимолий санаси ва манзили маълум 0 07:54"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 07:32Оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионати ўтказиладиган Баҳрайнга жўнаб кетишди 0 20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0

14 sen 18:48
Yangiliklar

Kurash, Tokio-2020

Olimpiada sovrindori Elmurat Tasmurodov bilan intervyu: "Yurtboshimizning ruhi qo'llaydi bizni"

Elmurod Tasmurodov Rio Olimpidasi qahramonlaridan biri.


Bu yigit haqida istalgancha so'z yuritish mumkin. Yunon-Rum kurashi bo'yicha yurtimizning eng taniqli va sovrindor sportchisi. Uning insoniy xislatlari ham taxsinga sazovor. Kamtarin, xushchaqchaq, hushfel. Bir so'z bilan aytganda, ajoyib inson! Endigina 24 yoshga to'lgan sportchimiz, zalvorli yutuqlarni qayd eta oldi. Lekin eng yaxshi natijalarim hali oldinda deb mexnat qilishda davom etayotgan ushbu Yunon-Rum kurashi ustasining qanday qiyinchiliklar ortidan ushbu darajaga etishgani muxlislar va yosh sportchilarimiz uchun qiziq ekanligini inobatga olib, Uning kurashga kirib kelishi,  faoliyati, Olimpiada taassurotlari haqida batafsil suxbat qurdik.


News Arena malumotnomasi
Elmurod tasmurodov 1992 yil 12 dekabrda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Yangi ovul qishlog'ida tavallud topgan. Yunon –Rum kurashi bo'yicha 59 kg vazn toifasida baxs olib boradi. O'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempioni. Jahon chempionatining bir necha bor sovrindori, ko'p karra Gran Pri turnirlari sovrindori. Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi.


Yurtboshimiz xotiramizda mangu qoladi

Bilasizmi? Xali-hanuz yuragimga sig'dira olmayapman. So'ngi kunlargacha umid qilgandim. Xech qanday gap-so'zlarga, mish-mishlarga etibor qaratmagandim. Afsuski, bu haqiqat bo'lib chiqdi. Ushbu insonning biz yoshlarga, yurtimizga qilgan ezgu ishlari haqida gapirishga tilim lol! Buni barcha xalqimiz yaxshi biladi. Qanchalik ushbu inson bilan uchrashib, oq-fotixasini olishni istaganimizni tasavvur qilsangiz edi. O'ylaymanki, yurtboshimiz butun yurtimiz axolisining qalbida mangu yashaydi. Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ham bizni ruhlari qo'llab-quvvatlashiga ishonaman. Nasib qilsa, o'shanda albatta oltin medalni qo'lga kiritishga harakat qilaman.


Yunon Rum kurashiga oshno bo'lgan kuningiz...

Aslida, kurashga kirib kelishimning asosiy sababchisi dadam bo'ladi. U insonning talabi bilan ushbu sport turiga kirib kelganman. Dastlab, dzyudo, erkin kurash sport turlari bilan shug'ullanganman. Keyinchalik, yunon-rum kurashini tanlaganman va xato qilmabman.


Yaxshi murabbiy muvaffaqiyat garovi

Ilk murabbiyim Abdurauf aka Yaqubov bo'ladi. Ushbu insonga mingdan-ming raxmat aytaman. CHunki sportda tetapoya bo'lishimga aynan shu inson sababchi bo'ladi. 2008 yildan terma jamoa tarkibiga jalb etilganman va u erda Rustam aka Qudratov qo'l ostilarida mashg'ulot o'tkaza boshladim. Ushbu murabbiyimdan yunon-rum kurashining o'ziga hos sir-asrorlarini o'rganib, mukammal formaga ega bo'ldim. Qolaversa, xali-hanuz o'rganib kelmoqdaman. Aytishadiku, yaxshi murabbiy muvaffaqiyat garovi deb. SHunday murabbiylar shogirdi ekanligimdan faxrlanaman.


Otamning nasihatlari g'alabaga undagan

Yuqorida aytib o'tganimdek, dadamning xoxish-istaklari bilan sportchi bo'lganman.  Har qanday sportga befarq emas, haqiqiy ishqibozi. Dadam haydovchi bo'lgan.  Ko'proq mashinasini tuzatib, qo'llari moy bo'lganda, menga ko'rsatib, o'g'lim shunday qo'ling moy bo'lib yurgani yaxshimi yoki shinam arenalarda mashg'ulotlar o'tkazib, chet-ellarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish  yaxshimi deb ko'p gapirardi. Qolaversa, qattiqqo'l va talabchanligi ham bor. Hozirga qadar, nazorat qilib turadi. Yoshligimda ertalab uyg'otib, mashg'ulot o'tashimga majbur qilardi. Bir kun mashg'ulotlardan qolsam, kerak bo'lsa, kaltak ham erdim. Mashg'ulotlarga borish uchun, 5 km to'qay oralab yurib, keyin avtobusga o'tirardim. Avtobus ham to'qqizta bekat yurgandan so'ng, mashg'ulotlar zaliga etib borardim. Bazan avtobus bo'lmay qolsa, deyarli piyoda kelardim. Qorong'u tushib ketardi. Qishlog'imizdan har kuni har-xil bolalar sherik bo'lardi. CHunki, bir kun borsa, qolgan kuni borishmas edi. Ko'pchilik qiziqib, borib yurishdi. Lekin oxiriga etkaza olmadilar. Men esa, dadamdan qo'rqqanimdan ham xech qoldirmay borar edim. SHukrki, dadamning orzusidagi sportchi bo'la oldim deb o'ylayman. SHukrki, shunday insonni farzandi ekanman. O'sha vaqtdagi talabchanligi evaziga hozirda shunday natijalarga erishdim. Dadmag birichi mashina sovg'a qilganimda o'zimni juda bahtiyor xis qilganman. Dastlab, Spark mashinasi sovg'a qilgandim. Endilikda Malibuni ham dadamga sovg'a qildim zero bularning barchasini dadamning sharofati bilan qo'lga kiritganman.



Osiyo va Jahon chempionati hamda Olimpiada o'rtasidagi farq haqida

Yunon-Rum kurashi, umuman olganda har qanday yakkakurash sport turlari Osiyo miqiyosida yaxshi rivojlangan. Deyarli kichik jahon chempionati deyiladi. Misol uchun, Dzyudoda g'oliblikka davo qilish uchun, Evropadan Franciya, Italiya, Rossiya va Ukraina, Amerika qitasidan Braziliya qo'shilishi mumkin. Qolgani barchasi Osiyo davlatlari, Taekvondo WTF ni oling barchasi Osiyo davlatlari, mana boks, Rossiya bilan Kubani hisobga olmasangiz barchasi Osiyoliklar. Yunon-Rumda ham shunday deb bemalol ayta olamiz. Qozog'iston, Qirg'iziston, yaponiyaliklar qanday kuchga ega ekanligini Olimpiada ham ko'rsatib qo'ydi.Yana bir omil, Osiyoliklar tehnikaga asoslangan kurash namoyish etadi. SHuning uchun ham, shaxsan menga bu noqulayliklar tug'diradi.Evropaliklar biroz vazminroq, Lotin amerikasi vakillari esa, jismoniy xolatdan mukammal bo'ladi. Bunday kurashchilar bilan baxs olib borish esa, menga qulayroq. SHuning uchun ham Osiyo chempionatining saviyasi qolganlardan xech bir jabhada qolishmaydi.  Baribir, alohida bittasini ko'rsatib aytadigan bo'lsak, Jahon chempionatining saviyasi kuchli, chunki, unda juda ko'p sportchilar ishtirok etadi. Olimpiadada esa, vazn toifasida sportchi kam bo'ladi. Qolaversa, kurashda tasodiflar ko'p, bazi kuchli sportchilar ham arzimas xato bilan Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqa olmay qolishi mumkin. Jahon chempionatida esa bunday xolatlar bo'lmaydi.
 

Eng alamli mag'lubiyati haqida

Sportda doimo g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Bu tabiiy xolat. Lekin shunday mag'lubiyatlar bo'ladiki, uni esdan chiqarish mushkul bo'ladi. Faoliyatimda shunday mag'lubiyatlar ham bo'lgan. 2013 yil Rossiyaning Qozon shahrida bo'lib o'tgan Universiadada qozog'istonlik Almat Kedesbaevdan va 2015 yil Las-Vegasda bo'lib o'tgan jahon chempionatida bolgariyalik Jahon chempioni Ivo Angelovdan uchralgan mag'lubiyatimni hazm qilish juda og'ir kechgan. Darvoqea, Ivo Angelovni Rio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kechgan baxsda 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib o'ziga xos revansh olishni uddalaganman.


Mish-mishlar borasida?

Internet saytlaridan turli hil gap so'zlarni o'qib, noto'g'ri xulosaga ega bo'lganlar ham topilayapti. Dastlab, Qozog'iston terma jamoasiga jalb qilinib, o'ta olmagan ekan. Turkiston shahrida o'qiydi, ota-onasi ham Qozog'istonda yashar emish degan gap so'zlarning barchasi yolg'on va mish-mish xolos!  Ota-onam Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Yangi ovul qishlog'ida istiqomat qiladi. O'zim esa, dastlab Angren pedinistitutda o'qiganman. Hozirda esa, ikkinchi mutaxassislik uchun, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining to'rtinchi bosqichida taxsil olayapman.


Kurash nazariyasi haqida

Baribir har bir soxada nazariya muxim o'rin tutadi. Sportda ham shunday. To'g'ri, baribir amaliyotdagi mukammallik  ko'p narsani anglatadi. Lekin bu bilan nazariyani keyinga surib qo'yish to'g'ri emas. Taktik qo'llanmalar, raqib harakatlarini taxlil qilish g'alabaning asosiy garovi hisoblanadi.


Gilamda raqib, hayotda esa do'st

Bazi bir raqiblarim bilan juda yaxshi, do'stona munosabatdaman.Bazan fikrlar almashamiz. Hangomalar qilib turamiz. Ularning orasida Belarusiyalik Soslan Dovurov, rossiyalik  London Olimpiadasi sovrindori Mindiyan Semyonovlar bilan juda qadrdonmiz. Ular gilamdagina raqib xolos. Tabiatan og'ir, bosiq va xushmuomla insonlar.

   
Olimpiada taassurotlari

Rio Olimpiadasi juda ham esda qolarli bo'ldi. CHunki, ushbu to'rt yillikning eng katta musobaqasida sovrindor bo'lishning o'zi ham katta natija deb bilaman. Lekin bundanda yuqori natijani qayd etaman deb maqsad qilgandim. Afsuski, bu safar buni uddalay olmadim. Lekin medal bilan qaytganimga ham shukr qilaman. Eng quvonarlisi, O'zbekiston delegaciyasi ajoyib natijani qayd etdi. SHundan boshim ko'kka etdi. Delegaciyamiz ahilligi va birdamligi bilan barchada yaxshi taassurot qoldirdi.



Kubalik raqibi haqida?

Ismael Barrera bilan yarim final bellashuvida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydim. Taktika tanlashda adashdim. Yani murabbiylar ko'rsatmasini bajara olmadim. Bir oz shoshilib qoldim. U asosan jimoniy baquvvatligi evaziga kurash olib boradi. Men ham uning yo'liga tushib qoldim. Bilasiz asosan texnik harakatlar orqali baxs olib boraman. O'sha kuni u kabi taktika tanlab adashdim. Xabaringiz bo'lsa, uni Toshkentda 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandim.  SHunday bo'lsada, raqibim g'alabani xaqqoniy qo'lga kiritdi. Undan ham nasib qilsa, revansh olaman.


Bronza jangidagi taxlikali xolat borasida?

Ushbu baxsga ruxan toliqish bilan chiqqandim. CHunki, niyatim oltin medalni qo'lga kiritish edi. G'alabamga ishongandim. Dastlab besh ballni qo'lga kiritdim. Keyin biroz hotirjamlikka berildim shekilli.Qolaversa, parterda ham kamroq  ishlagan edik. Bitta ikki ballni qo'lga kiritdi va parterda to'rt ballni qo'lga kiritdi. O'shanda, ko'z oldimga qilgan mexnatlarim, go'yoki ota-onamning yig'lab turganlari, ishonch bildirgan xalqimizning xafsalasi pir bo'lib, qo'l siltaganliklari keldi. SHundan so'ng, xushimni yig'ib, yaratganni o'zi kuch berib, g'alabani qaytarib oldim.


Kutib olish va xalqimiz etirofi haqida?

Bilasizmi? Bu darajadagi etiborni kutmagandim. Nafaqat men barcha sportchilar qoyil qoldi. 20 soatlik uchish mobaynida horib kelgandik. Bunday manzarani ko'rib charchoqlardan asar ham qolmadi. Baribir vatanimizga xech qaysi mamlakat etmaydi.



"News Arena" gazetasidan olindi

Ahmadbek Eshmatov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
14 sen 21:47:04
Adilbek
Койл рахмат барчаси учун Элмурод ака. Нукусдан алангали салом барча мухлисларингиз номидан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing