07 avg 11:05
Yangiliklar
Olimpiadada sensaciya: Ukrainalik Oleksandr Xijnyakni nokautga uchratishdi
Bugun boks bahslarida -75 kg vazn toifasida final jangi tashkil etildi.
Finalda oltin medal uchun asosiy davogar hisoblangan Oleksandr Xijnyak braziliyalik Xebert Souzaga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang kutilmaganda nokaut bilan yakunlandi. Uchinchi raundda Souzaning chap qo'ldagi kuchli zarbasidan so'ng Xijnyak ringga quladi va muvozanatni yo'qotdi. Hakam esa nokaut qayd etib, jangni tugatdi.
Bu vaqtga qadar Xijnyak jangda ustunlikka erishayotgandi va ikki raund yakuniga ko'ra bir ovozdan 20:18 hisobida g'alabaga erishayotgandi.
Eslatib o'tamiz, -75 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini Fanat Qahramonov himoya qilgan va ikkinchi jangida qozog'istonlik Abilxan Amankulga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar