So’nggi yangiliklar

09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0

05 avg 00:10
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Parij-2024

Olimpiadaning 9-kuni medalsiz yakunlandi, lekin ikkita finalimiz bor

Teglar :  Parij-2024
4 avgust kuni Parij Olimpiadasining 9-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi: 

Uzunlikka sakrash. Anvar Anvarov (Kvalifikaciya) - 7,77 metr natija bilan finalga chiqa olmadi

Veloshosse. Olga Zabelinskaya (Guruh poygasi) - marraga 70-bo'lib etib keldi

Veloshosse. Yanina Kuskova (Guruh poygasi) - marraga 51-bo'lib etib keldi

Boks. Hasanboy Do'smatov - David de Pina (Kabo Verde) (51 kg, yarim final) - 5:0 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi

Boks. Lazizbek Mullojonov - Davlat Boltaev (Tojikiston) (92 kg, yarim final) - 4:1 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi

Engil atletika. Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash, final) - 1,95 metr natija bilan 7-o'rinda yakunladi.



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH




23:55. Exxxx... Safina 1,98 metrni uchinchi urinishda ham sakray olmadi. Agar shu uddalanganda sportchimiz kamida bronzani naqd qilgan bo'lardi... U Olimpiadani 7-o'rinda yakunladi. U bilan bir xil balandlikka sakragan, lekin kamroq xato qilgan sportchi bronza oladigan bo'ldi. 


23:48. Ikkinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi...


23:43. 1,98 da ilk urinish o'xshamadi. Yana ikkita imkon bor.


23:36. Safinada uchinchi urinish nihoyat o'xshadi! 1,95 metr zabt etildi!


23:34. Safinaning ikkinchi urinishi ham muvaffaqiyatsiz...


23:31. Safina 1,95 metrga sakray olmadi. Hozircha. Yana ikkita imkoniyat bor.


23:20. Sadullaeva ikkinchi urinishda 1,91 metrni uddaladi. Yaxshi!


23:15. Safina Sadullaeva 1,91 metrga sakray olmadi. Unda hali yana ikkita imkoniyat bor. 


23:05. Safina ilk chiqishida 1,86 metr balandlikka sakray oldi. 


23:00. Safina Sadullaeva o'z chiqishini boshlamoqda.


21:50. Veloshosse. Ayollar o'rtasidagi guruh poygasida qatnashgan qizlarimiz 158 km masofani bosib o'tishdi. Yanina Kuskova 51, Olga Zabelinskaya esa 70-bo'lib marraga etib keldi. 


21:09. Lazizbek Mullojonov yarim finalda (-92 kg) tojikistonlik Davlat Boltaevni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi! Ajoyib! Bizda ikkinchi final!


20:14. Hasanboy Do'smatov (-51 kg) yarim finalda Kobo-Verde bokschisini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi! Professor o'z uslubida!


19:15. Boks bahslari o'tkazilmoqda. Birozdan so'ng Hasanboy Do'smatov final yo'llanmasi uchun ringga chiqadi. 


17:30. Velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova guruh poygasi dasturidagi ishtiroklarini boshlashdi. Dasturga ko'ra, 93 nafar sportchi 158 km masofani bosib o'tishadi.


14:51. Anvar Anvarov o'zining uchinchi urinishida ham 7.77 metr natija qayd etdi va afsuski, Olimpiadadagi ishtirokini kvalifikaciya bosqichida yakunladi.


14:30. Anvar Anvarov ikkinchi urinishda 7.77 metr masofaga sakradi.


14:22. Uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz Anvar Anvarov kvalifikaciyadagi ishtirokini boshladi. U ilk urinishida 7.57 metr masofaga sakradi. Kvalifikaciya standarti 8.15 metr hisoblanadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing