25 avg 20:40
Yangiliklar
Oliy liga. “Obod” durang o'ynadi, Polvonov “SHo'rtan”ga g'alaba keltirdi
Toshkentda oliy liga debyutanti “Obod” jamoasi Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Terma jamoaga taklif etilgan SHoxruz Norxonov “Obod”ning goliga mualliflik qildi.
G'uzorda esa “SHo'rtan” Namanganning “Navbahor” jamoasidan 3:2 hisobida ustun keldi. Dramatik kechgan o'yin g'olibi hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda aniqlandi. Zafar Polvonovning dubli “SHo'rtan”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
“Obod” (Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod) 1:1
Gollar: Ayubxon No'monov 38, - 0:1. SHoxruz Norxonov 60
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Navbahor” (Namangan) 3:2
Gollar: Abbos Omonov 18, - 1:0. Akram Bahritdinov 45, - 1:1. Akram Bahritdinov 82 penalti, - 1:2. Zafar Polvonov 90+1, 90+2.
Fikrlar