So’nggi yangiliklar

13:15Жавоҳир Синдаров: "Нодирбек бунга чин дилдан лойиқ эди" 0 12:54Анвар Бойназаров Fury FC 115 турнирида жанг қилади 0 12:46Футзал. Ўзбекистон чорак финалда ўз юришини тўхтатди 0 12:33"Ғазалкент" клуби Лазизбек Мирзаевни "Леганес"дан сотиб олди 0 12:12ATFC 28 турнирининг тўлиқ карди маълум бўлди 0 11:51Льюис Хэмилтон Ким Кардашьян билан учрашишни бошлади — The Sun 0 11:30Асу Алмабаев иштирокидаги UFC турнирининг марказий жанги бекор бўлди 0 11:09Футзал. Бугун Осиё Кубоги 1/4 финалидан ўрин олган Ўзбекистон - Эрон ўйини бўлиб ўтади 0 10:48Zuffa Boxing 02: Собиқ WBC чемпиони Гвоздикни муддатидан аввал мағлуб этишди 0 10:27Қозоғистон Осиё ўйинларига мезбонлик қилади! 0 10:06Расман: 19-0 рекордига эга Мовсар Евлоев Наврўз куни Лондонда жанг қилади + ПОСТЕР 0 09:45"Интер" B Сериядан футболчи сотиб олди 0 09:24Бивол навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 09:03"Волкановски осон йўл изламайди" — UFC собиқ чемпиони 0 08:42"Тимсоҳ кенгуруни еб қўйди" - Бенуа Сен-Дени Хукерга қарши жанг ҳақида 0

15 may 16:51
Yangiliklar

Sambo

Olmaliqda kadetlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanmoqda

Teglar :  Sambo
Avvalroq xabar berganimizdek, Olmaliq shahri sambo bo'yicha kichik yoshdagi o'smirlar (kadetlar) o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Musobaqa ishtirokchilari birin-ketin musobaqa o'tkaziladigan joyga etib kelishmoqda. Rejaga ko'ra, bugun chempionatda qatnashadigan sportchilar tarozidan o'tishadi. 16 va 17 may kunlari asosiy bahslar tashkil etiladi. 

Musobaqa 18 ta vazn toifasida (yigitlar o'rtasida 9 ta, qizlar o'rtasida 9 ta) tashkil etilmoqda. Bahslarda umumiy hisobda 570 nafardan ortiq sportchi qatnashadi. 

Ushbu musobaqalar orqali terma jamoamiz murabbiylari Osiyo chempionati va jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimizni aniqlab olishni maqsad qilishgan. 

Qayd etish lozimki, musobaqa davomida O'zbekiston sambo associaciyasining yig'ilishi ham tashkil etiladi. Unda tashkiliy masalalar, musobaqaga oid va antidoping bilan bog'liq masalalar muhokama qilinadi. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing