28 mar 11:21
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Franciyadagi turnirning chorak finaliga chiqdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonurodova Franciyaning Kruasi-Bobur shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslarida kortga chiqdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Yakkalikning saralash bahslarida mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz endi bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratgan.
Rossiyalik taniqli tennischi Vera Zvonareva bilan tandem hosil qilgan Omonmurodova juftlik musobaqasining ilk davrasida britaniyalik Tara Mur hamda amerikalik CHiara SHol hamkorligini 7:6(4), 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Endi Oqgul va Vera chorak final uchrashuvida belgiyalik An-Sofiya Mestax hamda franciyalik Manon Arkongioli juftligiga qarshi bahs olib borishadi. Bu ikki tennischi birinchi bosqichda turnirning birinchi raqamli juftligidan ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar