30 mar 11:22
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Franciyadagi turnirning yarim finalida kortga chiqdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonurodova Franciyaning Kruasi-Bobur shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslari yarim final uchrashuvida kortga chiqdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Yakkalikning saralash bahslarida mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratayotgandi.
Rossiyalik taniqli tennischi Vera Zvonareva bilan tandem hosil qilgan Omonmurodova juftlik musobaqasining ikki uchrashuvida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olgan edi.
Afsuski, final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda Omonmurodova va Zvonareva rossiyalik Anna Kalinskaya hamda slovakiyalik Viktoriya Kuzmova hamkorligiga 6:3, 5:7, tay-brekda 8:10 hisobida ikoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar