30 jan 13:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Grenobldagi turnirning saralashida yutqazdi
Franciyaning Grenobl shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning saralash bahslari o'tkazilyapti.
Ushbu musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Tajribali tennischimiz saralashning 11-raketkasi sifatida qayd etilgandi.
Afsuski, Omonmurodova saralashning ilk bosqichidayoq franciyalik Gaelle Desperierga 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischi saralashga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar