22 fev 17:03
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova ishtirokidagi o'yinda rekord qayd etildi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova Moskvadagi tennis musobaqasida ishtirok etayotgandi.
U birinchi bosqichda germaniyalik tennischi Anna Zayyaga qarshi kortga chiqib, 4:6, 7:6, 6:7 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ygani haqida ham xabar berdik.
Etiborli tomoni shundaki, ushbu bahsda ayollar tennisidagi eng uzoq davom etgan tay-brek o'ynaldi. Ikkinchi setdagi tay-brekda 22:20 hisobida tennischimiz g'alaba qozondi.
Bungacha esa bu boradagi rekord Tara Snayder va Emmanuel Galyardilar o'rtasidagi o'yinda qayd etilgandi. O'shanda tay-brekda 21:19 hisobida Snayder g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar