17 okt 12:29
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Jue-le-Turdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Franciyaning Jue-le-Tur shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ilk davrasida hamyurtimiz saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan franciyalik Margauks Oranjga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi setni 5:7 hisobida boy bergan vakilamiz
keyingi setlarda 6:1, 6:0 hisobida zafar quchib, ikkinchi bosqichga yo'llanma oldi.
Oqgulning chorak final ostonasidagi raqibasi birozdan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar