19 okt 08:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Misrdagi turnirning ilk davrasida mag'lub bo'ldi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Misrning SHarm El SHeyx shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Soho Square Egypt Women's turnirining mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz ilk davrada Sara Sorribes Tormoga qarshi kortga chiqdi.
Ispaniyalik bu tennischi turnirning beshinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Uch set davom etgan uchrashuvda tajribali Sorribes 3:6, 6:3, 6:1 hisobida zafar quchib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar