15 iyu 09:15
Yangiliklar

Omonmurodova Moscow Open 2017 bosh mukofoti sohibasi!
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Quvonarlisi, tennischimiz musobaqaning juftliklar bahsida bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan birga ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Omonmurodova final bahsida belaruslik tennischilar - Ilona Kremen va Irina SHimanovich hamkorligiga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Oqgul va Valentina 6:4, 6:2 hisobida zafar quchishdi.
Eslatib o'tamiz, Oqgul Omonmurodova Moscow Open 2017 turnirining yakkalik bahslari birinchi davrasida turnirning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Anastasiya Pivovarovaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar