18 jan 09:55
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova SHtutgartdagi turnirning ilk davrasida mag'lub bo'ldi
Germaniyaning SHtutgart shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.
Afsuski, mamlakatimizning sobiq birinchi raqamli tennischisi SHtutgart turnirining ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Omonmurodova musobaqaning 4-raketkasi, polshalik Magdalena Frechga 3:6, 3:6 hisobida yutqazib, SHtutgartdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar