14 sen 16:59
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Xodmezyovasharxeyda chorak finalga chiqa olmadi
Xabar berganimizdek, tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Vengriyaning Xodmezyovasharxey shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasida Oqgul serbiyalik Barbara Bonichni 5:7, 6:0, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida Omonmurodova chorak final chiptasini qo'lga kirita olmadi. U 2 soatu 18 daqiqa davom etgan uchrashuvda turnirning uchinchi raketkasi, chexiyalik Jesika Malechkovaga 6:3, 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar