01 iyu 15:00
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova yarim finalga chiqdi
SHu kunlarda Andijon shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ham erkaklar, ham xotin-qiz tennischilar o'rtasida turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida yarim finalchilar malum bo'ldi. Ayol tennischilar o'rtasidagi turnirning chorak finaliga etib kelgan yagona vakilamiz Oqgul Omonmurodova o'zining uchinchi uchrashuvini o'tkazdi. Tajribali raketka ustamiz gruziyalik Maryam Bolkvadze bilan to'qnash keldi. Uch set davom etgan bahsda hamyurtimiz raqibasini 6:3, 6:7, 6:3 hisobida mag'lub eta oldi. Ertaga Omonmurodova yarim final uchrashuvida rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqadi. Frolova chorak finalda hamyurti Olga Doroshinadan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar