18 okt 09:54
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodovaning Jue-le-Turdagi ikkinchi raqibasi malum
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Franciyaning Jue-le-Tur shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ilk davrasida hamyurtimiz saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan franciyalik Margauks Oranjni 5:7, 6:1, 6:0 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun tennischimiz ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazadi. Uning
chorak final chiptasi uchun kechadigan bahsdagi raqibasi Anna Zaya bo'ladi. Germaniyalik
bu raketka ustasi turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, kecha
daniyalik Karin Barricadan 6:4, 3:6, 7:6(4) hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar