10 iyu 10:01
Yangiliklar
Opa-singil Uilyamslar Uimbldon juftligida g'oliba bo'lishdi
Hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik opa-singil Venus va Serena Uilyamslar vengriyalik Timea Babosh hamda qozog'istonlik Yaroslava SHvedova juftligiga qarshi kortga chiqishdi. Final uchrashuvi 1 soatu 27 daqiqa davom etdi.
Ushbu titul ikki tennischining “Katta Dubulg'a” turnirlari juftligida hamkorlikda qo'lga kiritgan 14-sovrini bo'ldi. Juftliklar musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirok g'olib tennischilarga 350 ming funt sterling mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi. Timea va Yaroslava esa 175 ming funt sterling mukofot jamg'armasi hamda 1300 reyting ochkosini bo'lishib olishadi.
UIMBLDON. JUFTLIK BAHSI. FINAL
Serena Uilyams/Venus Uilyams (AQSH) – Timea Babosh (Vengriya) /Yaroslava SHvedova (Qozog'iston) 6:3, 6:4.
Fikrlar