29 mar 11:35
Yangiliklar
Tennis

Oqgul 195 daqiqa davom etgan uchrashuvda g'alaba qozondi
Xabar berganimizdek, tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova shu kunlarda Xitoyning Guanchjou shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Omonmurodova birinchi davrada xitoylik Guo SHanshanga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 15 daqiqa davom etgan bahs yakunida raqibasini 6:7(3:7), 6:2, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. Uning ikkinchi davradagi raqibasi hozir boshlangan uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar