06 apr 19:14
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Omonmurodova Turkiyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Tennischimiz Oqgul Omonmurodova Istambulda bo'lib o'tayotgan turnirning juftliklar musobaqasining chorak final bosqichidagi o'yinini o'tkazdi.
Rossiyalik Aleksandra Panova bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz mezbonlar vakillari Ayla Aksu va Pemra Ozgenlarga qarshi kortga chiqdilar.
1 soat 18 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 2:6, 10:8 hisoblarida Oqgul va uning sherigi g'alabani nishonladi.
Endilikda ular finalga chiqish uchun katta ehtimol bilan rossiyalik tennischilar juftligiga qarshi bahs yuritadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar