27 jan 14:40
Yangiliklar
Tennis

Osaka: "G'alabadan so'ng gapiradigan so'zlarimni tayyorlab qo'ygandim, ammo..."
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Avstraliya Ochiq chempionati finalidagi g'alabadan so'ng juda hayajonlandi.
"Omma oldida xech qachon bunday etibor markazida turmaganman. Petrani tabriklayman. O'yin men uchun juda qiyin bo'ldi va yaxshigina tajriba to'pladim.
Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Men maksimal ravishda harakat qildim. Turnir direktori, hakam, bolboylar, homiylar va albatta o'z jamoamga minnatdorchilik bildiraman. Men g'alaba qozonishimga ishonmagandim.
G'alaba nutqini tayyorlab qo'ygandim. Lekin, hozir uni eslay olmayapman", - dedi Osaka taqdirlash marosimida.
Eslatib o'tamiz, Osaka kecha Avstraliya Ochiq chempionati finalida chexiyalik Petra Kvitovani mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibasiga aylangandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar