12 fev 14:44
Yangiliklar

Osaka: "Men doimo Serena Uilyams bo'lishni orzu qilardim"
"Agar Serena va Vinus ikkisidan birini tanlash lozim bo'lsa birinchi nomzodni tanlardim. Vinus menga yoqadi, ammo Serena doimo men uchun eng zo'ri bo'lgan. Serena Uilyams va Xizer Uotson o'rtasidagi o'yinni televizor orqali tomosha qilib, "Olg'a, Serena! Sen uddalay olasan" deb muxlislik qilganim yodimda.
Opam ham tennis o'ynaydi. SHuning uchun mashg'ulotlar vaqtida bizni Serena va Vinusga o'xshatishardi.
Men doimo Serena bo'lishni istaganman. Ammo, buning iloji yo'q. Opa-singillar tennisning haqiqiy afsonalari. Ular bilan xech kim tenglasha olmasa kerak. Ammo, men o'zimning eng yaxshi o'yinimni namoyish etib, nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Osaka.
Fikrlar