30 may 18:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/69585_220.jpg)
Osaka "Rolan Garros"da ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka "Rolan Garros" turnirining uchinchi bosqichiga yo'l oldi.
Yaponiyalik tennis malikasi ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 43-o'rinni egallab turgan belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqdi. O'n daqiqasi kam 3 soat davom etgan bahsda Osaka 4/6, 7/5, 6/3 hisobida zafar quchdi.
Bu ikki tennischining o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 1:1. Endi 21 yoshli Osaka Franciya Ochiq chempionatining uchinchi bosqichida chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar