31 may 17:23
Yangiliklar
Osaka "Rolan Garros"dan keyin ham reyting peshqadami bo'lib qoladi
Bunga reytingning ikkinchi pog'onasidan joy olib turgan chexiyalik Karolina Plishkovaning mag'lubiyati sabab bo'ldi. Karolina bundan bir necha daqiqa avval "Rolan Garros"ning uchinchi davrasida xorvatiyalik Petra Martichga yutqazib qo'ydi - 3:6, 3:6.
SHu tariqa, Plishkova reyting peshqadami bo'lib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Naomi Osaka esa turnirda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar kamida yana bir haftaga o'z o'rnini saqlab qoladi.
"Rolan Garros" startiga qadar Petra Kvitova, Kiki Bertens va Anjelik Kerberda birinchi o'ringa ko'tarilib olish imkoniyati bor edi. Uchchala tennischi ham mag'lubiyatga uchrab, muxlislar qatoridan joy oldi. Agar Eshli Barti yarim finalga chiqsa, Elina Svitolina turnirni yutsa, ikkinchi o'rindagi Plishkovadan o'zib ketadi.
Fikrlar