09 sen 12:04
Yangiliklar
Tennis
Osaka US Open 1/2 finaliga chiqdi
SHu kunlarda dunyo tennis jamoatchiligining diqqat etibori Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan AQSH Ochiq chempionatiga qaratilgan.
Sayyoramizning to'rtinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Yaponiyalik tennischi 1/4 final uchrashuvida amerikalik SHelbi Rojersdan 6:3, 6:4 hisoblarida ustun keldi.
Endi Naomi Osaka final chiptasi uchun yana bir amerikalik tennischi Jennifer Brediga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar