So’nggi yangiliklar

21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

16 iyu 13:59
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayat oldi yig'ilishiga kiritilgan masalalar, shuningdek, sport sohasida 2023 yilning birinchi yarim yilligida qilingan ishlar sarhisobi va ikkinchi yarim yillik rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida tashkil etilgan tadbirda Vazir Adham Ikramov hamda uning o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, Respublika oliy sport mahorati maktablari rahbariyati, federaciya va associaciyalar masullari, hududlardagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining direktorlari, sport faxriylari ishtirok etishdi. Viloyatlardagi Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi mutasaddilari tadbirga ZOOM platformasi orqali ulanishdi.

Yig'ilishni Adham Ikramov ochib berdi. Vazir o'z nutqida nafaqat oliy sport yutuqlari, balki butun mamlakatimiz bo'ylab ommaviy sport targ'ibotini kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, sohada erishilayotgan natijalarga alohida to'xtaldi. Xususan, sport maktablaridagi murabbiylarning oylik maoshlari sezilarli darajada oshgani, sport talim muassasalarining moddiy texnik bazasi yaxshilangani, atletlarimizning xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishayotgani, buning uchun mahalliy hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari uzliksiz tarzda tashkil etilayotgani haqida gapirdi. 

Biroq bu bilan to'xtalib qolmasdan, har bir yo'nalishni tanqidiy ruhda ham ko'rib chiqish lozimligini qo'shimcha qildi. Adham Ilhamovich joriy yil bo'lib o'tadigan CHendu-2021 Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari, Belarus mezbonlik qiladigan II MDH o'yinlari, Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o'yinlarida ham yuqori natija qayd etib, xalqimiz va Prezidentimizning ishonchini oqlash lozimligini takidladi.

Tadbirni olib borgan Oybek Kasimov 2023 yil davomida tashkil etiladigan kompleks musobaqalar haqida umumiy malumot berdi. SHahrullo Mahmudov hamda SHerzod Tashmatov terma jamoalarimizning ushbu musobaqalarga ko'rayotgan tayyorgarligi, kutilayotgan natijalar, maqsadlar haqida to'xtalishdi. 

Ularga ko'ra, O'zbekiston delegaciyasi Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida 400 nafardan ortiq sportchi bilan ishtirok etishi kutilmoqda. 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida mezbon davlat 31 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan. SHuni inobatga holda, O'zbekiston delegaciyasi Xanchjou-2022 da kamida 30 ta oltin medal bilan o'z tarixidagi eng yuqori natijasini yangilab, ilk bor kuchli to'rtlikdan joy olishi rejalashtirilgan. Qayd etish joiz, bungacha delegaciyamizning eng yuqori ko'rsatkichi 2018 yilgi Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelib, unda mamlakatimiz 21 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallagan. SHuningdek, yig'ilish davomida Universiada va MDH o'yinlarida ham delegaciyamiz oldida ulkan marralar turgani qo'shimcha qilindi. Ayniqsa, MDH o'yinlarida qatnashadigan tarkibning aksariyati “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan avloddan tashkil topganiga alohida urg'u berildi.

O'z navbatida, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev hamda uning o'rinbosari Otabek Ergashev mamlakatimizda Paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga sport bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida to'xtalishdi. 

M.Tashxodjaev Parijda o'tayotgan para engil atletika bo'yicha jahon chempionati orqali sportchilarimiz kelasi yil ushbu shaharda o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga ayni paytgacha 15 ta yo'llanma qo'lga kiritishgani, musobaqa davomida ushbu ko'rsatkichni yanada yaxshilash kutilayotgani haqida malum qildi. Mutasaddilar Xanchjou-2022 Paraosiyo va Parij-2024 Paralimpiya o'yinlarida delegaciyamizning munosib ishtirokini taminlash ustuvor vazifa ekani haqida gapirishdi.

Yig'ilish davomida masullarga terma jamoalar va hududlardagi sport talim muassasalarida tibbiy taminotga katta ahamiyat qaratish, ulardagi ilmiy-metodik qo'llanmalarni ko'paytirish, sportchilarning racionidagi ovqatlar kaloriyasini kuchaytirish, kompleks musobaqalarga tayyorlanayotgan jamoalarga maksimal sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar berildi. 

SHuningdek, qolgan masalalar ertaga Yoshlar siyosati va sport vazirligi Hayatining navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishida ko'rib chiqilishi malum qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing