12 fev 10:03
Yangiliklar
Velosport, Paralimpiya
Osiyoda tengsiz para velosportchilarimiz tantanali kutib olindi
7-9 fevral kunlari Tailandda para velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 26 ta medal qo'lga kiritgan holda, 15 ga yaqin mamlakat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan terma jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi.
Toshkent xalqaro aeroportida o'tkazilgan tantanali kutib olish marosimida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sportchilarning oila azolari ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar para sportchilarimizni nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tiladilar.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar