14 dek 11:30
Yangiliklar
Futbol

Oskar Xitoyda haftasiga 350 ming funt sterling maosh oladi
“CHelsi” yarim himoyachisi Oskar qishki transfer bozori chog'ida Xitoyga ko'chib o'tadi.
Xitoyning “SHanxay Telleys” klubi londonliklarga futbolchi uchun 60 million funt sterling to'laydi. 25 yoshli xavbekning o'zi yangi klubida haftasiga 350 ming funt sterling ishlab topadi (yiliga salkam 18 million).
Eslatib o'tamiz,
“CHelsi” 2012 yili Oskarni “Internasonal” jamoasidan 25 million funt evaziga
sotib olgandi. Ayni paytda Xitoy jamoasini boshqarayotgan Andre Villash-Boash bir
paytlar braziliyalik futbolchini “Tottenxem” safiga jalb qilishga urinib ko'rgan
edi.
Joriy mavsumda Oskar APLda 9 ta uchrashuvda ishtirok etgan va uning xisobida bitta golli pas mavjud.
Havola :
Fikrlar