19 noy 12:25
Yangiliklar
Boshqalar
O'smir akrobatlar bahsida yangi nomlar kashf etildi
Namanganda trampolin bo'yicha 11-12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogida g'olib va sovrindorlar nomi aniq bo'ldi.
Mazkur musobaqada sportchilar batutda juftlik sakrash va akrobatik yo'lakda sakrash bo'yicha o'zaro raqobatlashdi.
Batutda juftlik sakrash bahslari yakuni bo'yicha Humoyunxo'ja Ubaev va SHohrux G'oziev juftligi 40,1 ball to'plab, oltin medalga sazovor bo'ldi. Musobaqalar davomida 39,2 ball to'plagan Elshodbek Mamatyusupov hamda Hojiakbar Abdulboqiev tandemi kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Husniddin Rahmoniddinov va Muhammadjon Ergashaliev 38,9 ball bilan shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Akrobatik yo'lakda sakrash bellashuvlarida Safar Nechaev, Jamshid Rahimov, Mirzamat Mo'minov sovrinli joylardan o'rin egalladi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar