12 apr 09:07
Yangiliklar
Tennis
Osorio Bogotada sovrinni begona qilmadi
Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandiyu
Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan final uchrashuvida kolumbiyalik tennischi Mariya Osorio sloveniyalik Tamara Zidanshekni 5/7, 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni o'z vatanida olib qoldi.
19 yoshli Mariya WTA reytingida 180-o'rinni egallab turibdi. 23 yoshli Tamara esa 93-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Osario faoliyatidagi ilk sovrinni o'z vatanida qo'lga kiritdi. Claro Open Colsanitas turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Mariyaga 29,200 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar