14 apr 19:03
Yangiliklar
Tennis

Astra SHarma Bogota turnirining finalida o'ynaydi
Dunyoning 138-raketkasi bo'lib turgan Astra SHarma Bogota turniridagi shov-shuvli yurishini davom ettirmoqda.
Avstraliyalik tennischi Claro Open Colsanitas turnirining finaliga yo'l oldi. SHarma yarim final uchrashuvida ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi kortga chiqdi.
Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda Astra reytingning 106-pog'onasidan joy olgan raqibasini 7/5, 6/1 hisobida mag'lub etdi. SHarma 10ta eys zarbasini yo'llashga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar