13 iyu 13:44
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/40319_220.jpg)
Ostapenko murabbiyi bilan hamkorlikni yakunladi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko yarim yillik hamkorlikdan so'ng murabbiy Devid Teylor bilan kelishuvni bekor qildi.
Tennischi Teylor qo'l ostida yuqori natijalarni ko'rsata olmadi. Bu vaqt ichida u faqatgina Mayamidagi turnirning finaliga qadar etib bora oldi. Qolgan musobaqalarda esa turnirni erta yakunlashga majbur bo'ldi.
Bundan tashqari, “Rolan Garros”ning ilk davrasida mag'lubiyatga uchrab, o'z unvonini himoya qila olmadi. O'tgan yili Franciya Ochiq chempionatida aynan Ostapenko bosh mukofot sohibasiga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar