24 okt 17:25
Yangiliklar
Futbol
Ot sportining uchkurash yo'nalishi bo'yicha mamlakat kubogi uchun bahslar boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti klubida uchkurash bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslariga start berildi.
Uch kun davom etadigan musobaqada chavandozlar ot yo'rttirish, kross va konkur dasturlarida bor mahoratlarini namoyish etishadi. Qoidaga ko'ra, sportchi barcha yo'nalishlarda faqat bitta ot bilan ishtirok etishi mumkin.
Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan mazkur yo'nalish mamlakatimizda ham tobora ommalashib bormoqda. Ushbu musobaqa kelasi yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik yo'lida terma jamoa tarkibini shakllantirib olish uchun muhim startlardan biri hisoblanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar