So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

24 okt 22:30
Yangiliklar

Boshqalar

Otabek Eshmamatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi

Teglar :  Otabek Eshmamatov
Eshmamatov Otabek Normuminovich Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari, vazirning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Eshmamatov Otabek Normuminovich Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari, vazirning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi UzA.

O.Eshmamatov Toshkent davlat sanat institutining (hozirgi O'zbekiston sanat va madaniyat instituti) 2001 yil bakalavr, 2003 yil magistr darajasini olgan.

Jurnalistik faoliyatini 1997 yil O'zbekiston radiosi “Yoshlar” kanalida boshlagan.

Keyinchalik O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” teleradiokanalida sharhlovchi, 1-toifali mutaxassisi, katta muharrir, “Mahalla” teleradiokanalida “Ijtimoiy-huquqiy dasturlar” muharririyati sharhlovchisi, Mediametriya va reyting sektori bosh mutaxassisi, “Badiiy-marifiy dasturlar” muharririyati bosh muharriri o'rinbosari, shuningdek, O'zbekiston Milliy axborot agentligi Veb-sayt axborot tahririyati masul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga tayinlov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi xulosasiga ko'ra amalga oshirildi.

Olamsport.com sayti Otabek Eshmamatovni yangi lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing