08 jan 10:47
Yangiliklar
Ovechkin 992-shaybasini kiritdi, afsonaviy Gretckining rekordiga 24 ta gol qoldi
Bugun poytaxtliklar o'z maydonlarida "Dallas Starz" klubini qabul qilib, biroz kutilmaganda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. "Kepital Uan-Arena"da o'tgan o'yinda Ovechkin jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. U 58-daqiqada "Dallas Starz" darvozasini ishg'ol qildi. Bu uning MXL pley-off o'yinlarini ham hisoblaganda 992-goli bo'ldi.
Aleksandr Ovechkinning pley-off o'yinlarini hisoblamagandagi gollari soni 915 taga etdi. Umumiy 992 ta golidan 77 tasini Stenli Kubogi doirasida raqib darvozalariga joylagan. Ovechkin bu borada MXL tarixida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kanadalik afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretcki bu borada mutlaq rekordchi. Gretcki hisobida umumiy 1016 ta gol bor – 894 tasida Muntazam chempionatda, 122 tasi pley-offda.

Fikrlar