So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

11 iyu 16:11
Yangiliklar

Boshqalar

Oybek Kasimov Farg'onadagi ot sporti majmuasiga tashrif buyurdi

Teglar :  Oybek Kasimov
9 iyul kuni Farg'ona viloyatida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Omilovich Kasimov raisligida yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan joriy yilning 7-9 iyul kunlari Farg'ona viloyatida sportga doir amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish va amaliy yordam berish bo'yicha ishchi guruhning yakuniy xulosasi muhokama etildi. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida shu yilning 6 iyul kuni o'tkazilgan Hayat yig'ilishida ko'rilgan masalalar va belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot berildi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qaror va farmoyishlarning xududlardagi ijro holati tanqidiy muhokama etilib, xududiy bo'limlar rahbarlari va bolalar-o'smirlar sport maktablari direktorlari ushbu yo'nalishdagi amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha hisobotlari eshitildi.


Yig'ilishdan so'ng O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov boshchiligida Quvasoy shahrida joylashgan Qorabayir zotli otlarni ko'paytirishga ixtisoslashgan ot sporti kompleksiga tashrif buyurilib, u erda barpo etilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda ot sportini rivojlantirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing