11 iyu 11:02
Yangiliklar
Boshqalar
Oybek Kasimov “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
Turli sohalarda yurtimiz salohiyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo'shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Ahamiyatlisi, ular orasida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham bor.
Mazkur yuksak etirof Oybek Omilovichning mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish, sport tizimini takomillashtirish, yoshlarni jismoniy faollik va sog'lom turmush tarziga keng jalb etish, shuningdek, O'zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo'lidagi samarali mehnatining munosib etirofi bo'ldi.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi jamoasi Oybek Kasimovni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ham ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaydi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar